Qoraqalpogʻiston Qishloq xoʻjaligi vaziri tayinlandi
Foto: Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi
Bugun, 24-oktyabr kuni Daryabay Kaypov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, u shu vaqtga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Kaypovdan keyin ushbu lavozimni Shuhrat Teshayev egallaydigan boʻldi.
Teshayev mazkur tayinlovga qadar Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Maʼlumot uchun, Shuhrat Teshayev 1969-yil Buxoro viloyatida tugʻilgan. 1993-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. U mehnat faoliyati davomida “Paxta” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori, qishloq va suv xoʻjaligi vazirining agrotexnologiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari sifatida ishlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring