Qoraqalpogʻistonda oltita zamonaviy meteorologik stansiya oʻrnatildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Orolboʻyi mintaqasida muhim ahamiyatga ega boʻlgan navbatdagi tashabbusni amalga oshirdi.
Bu yerda FAO tomonidan “Havo sifati, yer va suv resurslarini boshqarishni yaxshilash orqali ekologik beqarorlik muammolarini innovatsion yondashuv orqali yechish uchun Orolboʻyi mintaqasidagi hamjamiyatning bilim va koʻnikmalarini oshirish” qoʻshma dasturi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasining 3 ta tumanida oltita zamonaviy meteorologik stansiya oʻrnatildi. Ushbu ilgʻor monitoring tizimlari harorat, yogʻingarchilik miqdori, namlik, shamol tezligi va quyosh nurlanishi kabi muhim iqlim koʻrsatkichlarini uzluksiz kuzatib boradi va real vaqt rejimidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ushbu keng qamrovli tashabbus respublikaning Moʻynoq, Qoʻngʻirot va Taxtakoʻpir tumanlaridagi aholiga bevosita foyda keltiradi. Dastur ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan zaif qatlamlar, ayniqsa, ayollar, bolalar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratadi, chunki ular mintaqadagi ekologik tanazzuldan koʻproq aziyat chekishlari mumkin.
“Ushbu meteorologik tarmoq Orolboʻyi hududidagi iqlim dinamikasini tushunish yoʻlidagi muhim qadam hisoblanadi. Oltita stansiyadan real vaqt rejimida olingan maʼlumotlar bizga mintaqamiz uchun eng samarali va ilmiy asoslangan iqlim strategiyalarini yaratish imkonini beradi. Innovatsion yondashuv meteorologik maʼlumotlarni keng qamrovli suv va tuproq tahlillari bilan birlashtirib, ushbu hududning murakkab ekologik muammolarini hal qilish uchun ongli qarorlar qabul qilishda mustahkam bilim bazasini yaratadi”, — deydi FAOning Oʻzbekistondagi vakili oʻrinbosari Sherzod Umarov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring