Qoraqalpogʻistonda 440 bosh qoʻy-echki yonib ketdi

14:54 21 Aprel 2021 Jamiyat
1501 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumani “Ellikqalʼa” ovul fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Ahmad Niyazimbetovga tegishli qoʻra 440 bosh qoʻy-qoʻzisi va echki-ulogʻi bilan nomaʼlum sabablarga koʻra yonib ketdi. 

Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasiga tayanib OʻzA xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Ellikqalʼa tumani Ichki ishlar boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga koʻra, jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?