Qoraqalpogʻistonda 1,8 mlrd soʻmlik gaz talon-toroj qilindi

19:49 01 Aprel 2025 Jamiyat
268 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1,8 milliard soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Nukus shahrida faoliyat yurituvchi “D.S.” MCHJ masʼul shaxslari qurilishi tugallanmagan koʻp qavatli binoda gaz tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 1,8 milliard soʻmlik tabiiy gazni talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер