Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida Yangi jamgʻarma faoliyat boshladi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida Yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi oʻz faoliyatini boshladi.
Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Jamgʻarma faoliyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining joriy yil 13 oktyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi “Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 20 avgustdagi 23-B-sonli buyrugʻiga asoslangan 586-sonli qaroriga asosan yoʻlga qoʻyildi.
Yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish jamgʻarmasining asosiy vazifalari esa quyidagilardan iborat:
qishloq joylarda doimiy ish oʻrinlari tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlarini kreditlar bilan qoʻllab-quvvatlash uchun tijorat banklarida kredit liniyalari ochish;
ishchi kuchi koʻp boʻlgan hududlarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, ayniqsa aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari uchun yangi ish oʻrinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi korxonalarni tashkil etish, bunda Hududiy jamgʻarmalarning tashkil etilgan korxonalardagi ulushini xususiy sheriklarga keyinchalik realizatsiya qilish shartini nazarda tutish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi qarorlari boʻyicha ish oʻrinlari tashkil etishga hamda aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish shular jumlasidandir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish jamgʻarmasida 4 ta kishi, jumladan ijrochi direktor, hisobchi va 2 ta mutaxassislar faoliyat yuritadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring