Qoraqalpogʻiston paxta topshirish rejasini bajardi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi paxtakorlari 2025-yil hosili uchun davlatga paxta topshirish boʻyicha belgilangan rejani toʻliq bajarib, yuqori natijaga erishdi.
Respublika boʻyicha 315 ming 200 tonna paxta topshirish rejalashtirilgan edi. Jonbozlik koʻrsatgan paxtakorlar ushbu koʻrsatkichni 315 ming 345 tonna qilib bajardi.
Bu yutuq Qoraqalpogʻiston Respublikasi fermerlari, dehqonlari, klaster korxonalari jamoalari, suvchilar, mexanizatorlar hamda barcha qishloq va suv xoʻjaligi sohasi xodimlarining mehnati samarasidir.
Har qanday ob-havo sharoitida paxta dalalarida sidqidildan mehnat qilgan paxtakorlar va soha xodimlari ulkan natijaga munosib hissa qoʻshdi.
Albatta, toʻplangan xirmon yurtimiz iqtisodiyotini mustahkamlashga, sanoatni yanada rivojlantirishga va yangi quvvatlarni ishga tushirishga xizmat qiladi.
Gʻayrat OTAJONOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring