Qor va tuman. Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi aytildi
Foto: “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 8-11-mart kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 8-martda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 9 va 11-martda yogʻingarchilik kutilmaydi. 10-martda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 10-11-martda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 9-10-martda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 9-martda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 10-martda kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, 11-martda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi.
Buxoro viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 8 va 11-martda yogʻingarchilik kutilmaydi, 9-10-martda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 10-11-martda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 9-10-martda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-martda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq; 9-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq; 10-martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 11-martda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Navoiy viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 8-10-martda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 11-martda yogʻingarchilik kutilmaydi. 10-11-martda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 9-10-martda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-martda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq; 9-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq; 10-martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 11-martda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq; viloyat shimolida 8-martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 9-martda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 10-martda kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 11-martda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 8-martda yogʻingarchilik kutilmaydi. 9-10-martda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 11-martda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 10-11-martda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 10-martda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq; 9-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq; 10-martda kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 11-martda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 8 va 11-martda yogʻingarchilik kutilmaydi. 9-10-martda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 10-11-martda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 10-martda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq; 9-martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq; 10-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 11-martda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 8-martda yogʻingarchilik kutilmaydi. 9-10-martda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 11-martda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 10-11-martda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 10-martda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-9-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq; 10-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 11-martda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 8 va 11-martda yogʻingarchilik kutilmaydi. 9-10-martda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 10-martda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-9-martda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq; 10-martda kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq; 11-martda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring