Qoʻqondagi koʻp qavatli uyda gaz portladi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi uylarning birida portlash sodir boʻlgani toʻgʻrisida videotasvirlar keng tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, bugun, 25-fevral kuni soat 14:47 da Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga “112” tizimi orqali Qoʻqon shahar Boʻston MFYda joylashgan koʻp qavatli uylardan birida chaqnash sodir boʻlib, uning oqibatida yongʻin boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Mazkur murojaatga asosan, qutqaruv boʻlinmalari aytilgan manzilga yetib borgan hamda yongʻin tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Vaziyat toʻliq Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi nazoratiga olingan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mazkur vaziyat oqibatida tan-jarohati olganlar aniqlanmagan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring