Qoʻqondagi xususiy bogʻchada 116 mln soʻmlik gaz oʻgʻirlandi
Qoʻqon shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, “Hududgaz Fargʻona” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Maʼlum boʻlishicha, shaharning Furqat koʻchasida joylashgan “L. S. K.” nomli nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi loyiha-texnik hujjatlarisiz, tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib olgani fosh qilingan.
Hozirda mazkur holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, 116 million 664 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring