Qoʻqonda IT-Park tashkil etildi
Qoʻqon shahrida aholiga koʻrsatilayotgan raqamli xizmatlar koʻlamini oshirish va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish doimiy eʼtiborda.
Shu maqsadda IT-Park Fargʻona viloyati boʻlimining Qoʻqon filiali tashkil etildi. Bu yerda yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish, aholi va tadbirkorlik subyektlarining raqamli xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish borasida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.
— Jahon andozalari darajasida faoliyat koʻrsatuvchi markazda oʻqigan yigit-qizlar yurtimizdagi xorijiy kompaniyalar ofislariga, shu bilan birga, dunyoning brend korxonalariga ishga joylashtiriladi, — deydi IT-Park Qoʻqon filiali loyiha menejeri Alisher Allanazarov. — Ayni paytda markazda 150 nafar barkamol avlod vakillari mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasblarga oʻqitilmoqda. Xususan, kompyuterda dasturlash, dizayn, ijtimoiy tarmoqlar marketingi, robototexnika, matematika yoʻnalishi shular jumlasidandir.
Markaz tasarrufida bitiruvchi yoshlarning amaliy koʻnikma va tajribasini oshirish uchun istiqbolli loyihalar ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish faoliyati ham yoʻlga qoʻyilgan. Bu kelajagimiz vorislariga shu yerning oʻzida ishlab, daromad topish imkonini berayotir.
Oʻz navbatida, markazda taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, mutaxassislar xalqaro darajada bilim olishiga erishishi boʻyicha eng muhim ustuvor vazifalar belgilab olingan.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring