Qoʻqonda gaz portlagan uydan bir kishining jasadi topildi

18:28 25 Fevral 2026 Jamiyat
387 0

Foto: FVV

Avvalroq Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi uylarning birida portlash sodir boʻlgani toʻgʻrisida xabar berilgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur hodisa oqibatida bir kishi halok boʻlganini maʼlum qildi.

Bildirilishicha, Qoʻqon shahridagi koʻp qavatli uylardan birida sodir boʻlgan gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatlarini bartaraf etish jarayonida FVV qutqaruvchilari yod jismlar ostidan bir nafar fuqaroning jasadini topgan.

Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat toʻliq Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi nazoratiga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер