Qoʻqonda adabiy turizmga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi
Qoʻqon shahrida turizmning yangi yoʻnalishlaridan biri sanalgan adabiy turizmga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazildi.
Immersiv va interaktiv tarzda tashkil etilgan mazkur nufuzli anjumanda “Adabiy turizmni tashkil etish va rivojlantirish”, “Qoʻqon adabiy muhiti” hamda boshqa dolzarb mavzularda maʼruzalar tinglandi. Fargʻona viloyati hokimining oʻrinbosari X. Axmedov, Respublika turizmni rivojlantirish ilmiy-amaliy instituti direktori Ye. Golisheva, Turkiyadan tashrif buyurgan Solak Ibrohim Xalil, Qoʻqon davlat muzey-qoʻriqxonasi katta ilmiy xodimi M. Abdullayev kabi maʼruzachilarning chiqishlari ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.
Tadbir doirasida adabiy muhit bilan bogʻliq boy merosni namoyon etuvchi qator tadbirlar ham oʻtkazildi. Jome masjidi majmuasida “Tamal toshi”, “Ikki soʻm” asarlari namoyish etildi, milliy maqom va laparlar ijro etildi. Shuningdek, Xudoyorxon saroyida toʻkin dasturxon atrofida xon davri adabiy muhitiga xos mushoira tashkil qilindi.
Konferensiyada Koreya, Ispaniya, Rossiya va yana qator xorijiy mamlakatlardan mehmonlar ishtirok etdi. Ularga oʻzbek xalqining boy madaniy merosi bilan birga milliy taomlar ham taqdim etildi.
Shuningdek, anjuman doirasida kitoblar koʻrgazmasi, mahalliy hunarmandlar va rassomlar ijodini namoyon etuvchi yarmarkalar tashkil etildi. Bu tadbirlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi hamda adabiy turizmning kelgusi rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring