Qonun ijodkorligi faoliyati takomillashtirilmoqda

Foto: Akmal Muhammadov, Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Senatning beshinchi yalpi majlisida “Qonunlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish va ko‘rib chiqish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.
Qonun ijodkorligi faoliyatining sifati yangi qonunlarning mamlakatimiz Bosh qomusiga, milliy qonunchilikka, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga muvofiqligini ta’minlovchi tartib-taomillar va mexanizmlar samaradorligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Ayniqsa, qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilishda aholi va keng jamoatchilik bildirgan fikrlari va pozisiyalarini o‘rganish hamda ularni inobatga olish jamiyat va davlat hayotiga oid strategik qarorlar qabul qilishda o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu borada muhokamadagi Qonun bilan qonun loyihasini parlamentga kiritishda qonun loyihasining va xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) o‘tkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalarini, shuningdek qonun loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi va u bo‘yicha o‘tkazilgan jamoatchilik muhokamasi natijalarini taqdim etish masalalari aks ettirilmoqda.
Bundan tashqari, qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yekti o‘zi kiritgan qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilinguniga qadar chaqirib olish to‘g‘risidagi norma mustahkamlanmoqda.
Senatorlar mazkur Qonunning hayotga tatbiq etilishi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan sub’yektlarning qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati sifatini oshirish, qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini mustahkamlash, xalqchil hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlaydigan qonunlar qabul qilinishiga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Foto: Akmal Muhammadov, Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring