Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasini rivojlantirish uchun koʻrilayotgan choralar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari muhokama qilindi.
Senatorlar parlament soʻroviga hukumat tomonidan berilgan javobda muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etdi.
Xususan, qon quyish muassasalarida gemakonlar, qon saqlash va transportirovka anjomlari bilan taʼminlash uchun soʻnggi besh yilda 15 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan.
Donorlar va qon zaxirasi haqidagi maʼlumotlar almashinuvini raqamlashtirish maqsadida qon xizmati avtomatlashgan axborot tizimi yaratilgan.
Qon komponentlarini tayyorlovchi asbob-uskunalarni muntazam ravishda koʻrikdan oʻtkazib, ularni taʼmirlovchi mutaxassislar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan.
Shu bilan birga, majlisda parlament soʻrovida koʻrsatilgan ayrim masalalar yuzasidan javob yetarli darajada aks etmaganligi maʼlum qilindi.
Jumladan, qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tartibga soluvchi qonun, hamda qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadigan normativ-huquqiy hujjatlarda boʻshliqlar mavjud va ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar koʻrilmagan.
Sohadagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, maqsad- vazifalari va amalga oshirilish mexanizmlarini belgilaydigan konsepsiya yoʻqligi hamda uni ishlab chiqishga ehtiyoj mavjudligiga eʼtibor qaratilmagan.
Ixtisoslashgan muassasalar moddiy-texnika taʼminoti va modernizatsiyalash, xususan PZR apparatlari, gemotsitoferez, plazmaferez, immunogematologik analizator va IFA-analizator hamda boshqa uskunalar bilan jihozlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilanmagan. Jumladan, mazkur maqsadlar uchun grantlar ajratish rejalashtirilgan boʻlsada, bugungi kunga qadar grantlar jalb qilish boʻyicha aniq natijalarga erishilmagan.
Muhokama jarayonida qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar parlament doimiy nazoratida boʻlishi qayd etildi.
Ushbu masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring