Qon quyuqlashishiga nimalar sabab boʻladi?

22:00 09 Oktyabr 2020 Jamiyat
9606 0

Ushbu savolga shifokor-valeolog Baxtiniso Azimboyeva quyidagicha javob berdi:

— Qon quyuqlashishiga asosiy sabab koronavirus infeksiyasi emas. Kamharakatlilik, notoʻgʻri ovqatlanish asosiy omildir.

Inson bir kunda oʻrtacha 30 ml. suv (har 1 kg uchun ) isteʼmol qilishi kerak. Qaynatilmagan, minerallarga boy, ishqoriy muhitga ega boʻlgan, sirt tarangligi yupqa boʻlgan suvgina qonni ishqoriy muhitga aylantirib beroladi.

Ishqoriy muhitga ega boʻlmagan qonning kislota muhiti oshib ketadi va natijada, qon quyuqlashadi.

Suv oʻrniga boshqa turdagi suyuqliklar ichilsa, tanadagi kislota muhiti oshirilgani uchun qonda eritrotsitlar zaryadlari (+) oshib ketadi va ularning bir-biriga yopishqoqligi ortadi.

Jigarda qon quyuqlashib ketishi oldini oladigan faktorlar bor. Jigar yaxshi ishlamasa, qon quyuqlashadi.

Yogʻli ovqatlarni koʻp isteʼmol qilamiz. Ovqat tarkibidagi yogʻ tanaga kirgach, parchalanmasa, qonga oʻtib ketadi va lipidlar yetishmovchiligiga olib keladi, eritrotsitlarning qobigʻidagi membranalar yopishqoqligini kuchaytirib yuboradi. Bu ham qonni quyuqlashtiradi.

Ayni vaqtda koʻpchilik qoni quyuqlashganidan shikoyat qilyapti. Yuqorida keltirilgan omillarni bartaraf etish kerak va shundan keyingina organizm oʻzi qonni normallashtiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер