Qoʻmita majlisida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Vengriya oʻrtasida ushlab berish toʻgʻrisidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish qonuni muhokama qilindi
2025-yil 19-noyabr kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Vengriya oʻrtasida ushlab berish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Budapesht, 2025-yil 20-may) ratifikatsiya qilish haqida” gi Qonun dastlabki tarzda koʻrib chiqildi.
Muhokamada senatorlar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari aʼzolari, masʼul vazirlik va idoralar vakillari, huquqshunoslar, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Senatorlar oʻz chiqishlarida mazkur Shartnomaning huquqiy ahamiyati, Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashdagi oʻrni va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi samarasi haqida fikr yuritdi.
Taʼkidlanganidek, mazkur hujjat davlatlar oʻrtasida oʻzaro ishonchni mustahkamlash, jinoyat ishlari boʻyicha hamkorlikni kengaytirish hamda jinoyat sodir etgan shaxslarni ushlab berish va ularni topshirish mexanizmini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring