Qoʻmita majlisida bir qator muhim masalalar muhokama qilindi

20:41 20 Yanvar 2026 Siyosat
273 0

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining joriy yil 20-yanvar kuni oʻtkazilgan majlisida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi hamda “Sud-ekspertlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi.

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish, aholi bandligini taʼminlash va inson kapitalini rivojlantirish, ijtimoiy himoya tizimini yangi bosqichga olib chiqish, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, qulay investitsiyaviy muhitni shakllantirish hamda davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining har bir samaradorlik koʻrsatkichlariga erishilganlik holati hamda dolzarbligi boʻyicha oʻtkazilgan tahlil natijalari qator yoʻnalishlarda yangi samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash zarurati yuzaga kelganini koʻrsatmoqda.

Senatorlar oʻz chiqishlarida “maqsad – harakat – natija” zanjiriga asoslangan mutlaqo yangi strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimi joriy etilgani bois “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini yangilash va 2026–2030-yillarga moʻljallangan yangi samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash juda muhim ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Qoʻmita aʼzolari “Sud-ekspertlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunni ham dastlabki tarzda muhokama qildi.

Muhokama davomida sud-ekspertlik faoliyati sud ishlarini har tomonlama, xolis va adolatli koʻrib chiqishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini taʼkidlandi. Sud ekspertizasi xulosalarining ilmiy asoslanganligi va ishonchliligi sud qarorlarining qonuniy, asosli va adolatli qabul qilinishi uchun muhim shart hisoblanadi.

Shuningdek, qonunga fuqarolarning sud-huquq tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlashda ham muhim omil sifatida qaraladi.

Shu munosabat bilan ushbu Qonunda hududiy sud-ekspertiza muassasalarida ekspertiza turlarini kengaytirish, nodavlat sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirish hamda sud ekspertlarining mustaqil faoliyat yuritishi uchun zarur huquqiy mexanizmlarni joriy etish nazarda tutilgan.

Majlis yakunida Qoʻmitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер