“Qoʻyliq” bozorida Qizil kitobga kiritilgan ilonlar noqonuniy sotilayotgani aniqlandi

Toshkentda “Yangiobod” va “Qoʻyliq” bozorlarida reyd oʻtkazilib, hayvonlarning qonunga xilof ravishda sotilayotgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi maʼlum qildi.
Reyd davomida “Qoʻyliq” bozori hududida Qizil kitobga kiritilgan 5 ta sharq boʻgʻma iloni noqonuniy sotilayotganligi maʼlum boʻldi. Ilonlar Toshkent hayvonot bogʻiga topshirilgan.
Huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 92-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, yaʼni 3 million 750 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi.
Shuningdek, reyd davomida noqonuniy sotilayotgan boshqa hayvon va qushlar ham aniqlanib, tabiatga qoʻyib yuborildi. Huquqbuzarlarga nisbatan tegishli tartibda choralar belgilandi.
Avvalroq “Navoiy” chegara bojxona posti noyob ilonlarni chet davlatga olib oʻtmoqchi boʻlgan fuqaro qoʻlga olingani haqida xabar qilgandik. Unda Qizil kitobga kiritilgan, tabiiy populyatsiyani saqlash maqsadida himoya qilinadigan 15 dona “Kolvar” turiga mansub tirik ilonlar olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring