“Qizilqum” qachon oʻz uyida uchrashuv oʻtkazadi?

16:23 11 Mart 2025 Jamiyat
144 0

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Navoiyning “Qizilqum” futbol klubi uchinchi yildirki oʻz uy uchrashuvlarini nominal mezbon sifatida oʻtkazmoqda. Sababi jamoa bunday oʻyinlarni oʻtkazadigan “Yoshlar” sport majmuasidagi stadion tayyor emas. Shu bois joriy mavsumni ham qizilqumliklar Samarqandda neytral stadion boshlashdi.

Albatta, har bir sport musobaqasi eng avvalo muxlislar uchun tashkil etilib, aks holda jamoa erishgan yutuq shunchaki koʻrsatkich boʻlib qoladi.

— Muxlis futbol jamoasi uchun maydondagi oʻn ikkinchi oʻyinchi hisoblanadi, — deydi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi Dilshod Mamadiyorov. — “Qizilqum” futbol klubining soʻnggi yillardagi muvaffaqiyatsizliklariga sabablardan biri ham menimcha, doimiy safarda boʻlishida deb oʻylayman. Tabiiyki, bu holat futbolchilarga ham ruhiy, ham jismoniy taʼsir qiladi.

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov klub oʻz uchrashuvlarini oʻtkazadigan stadionda olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishar ekan, nafaqat oʻyin maydoni, balki muxlislar uchun ham barcha qulayliklarni yaratish, stadion infratuzilmasini xalqaro talablarga javob beradigan darajaga yetkazish zarurligini taʼkidladi.

Shu kuni viloyat gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida 2028-yil AQSHning Los-Anjeles shahrida boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik jarayonlari muhokama etilib, unga tayyorgarlik koʻrayotgan besh nafar navoiylik sportchilarga homiylar biriktirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер