Qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda gender yondashuvlarining oʻrni muhokama qilindi
Foto: “Xalq soʻzi”
Toshkentda Qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda gender yondashuvlarini joriy etish boʻyicha strategiyasi loyihasi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining chora-tadbirlar rejasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Hujjat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning “Inklyuziv qishloq xoʻjaligi siyosatini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida milliy va xalqaro ekspertlar, jumladan, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy boʻlimi mutaxassislari ishtirokida tayyorlangan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2019-yilda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida” gi qonunni qabul qilgan edi. Oʻz navbatida, ushbu qonun iqtisodiyotning har bir sohasida, shu jumladan, qishloq xoʻjaligida gender masalalarini hisobga oluvchi strategiya va tadbirlar rejasini ishlab chiqishni talab qiladi. Oʻzbekistonda aholining deyarli yarmi qishloqlarda yashaydi, bu esa qishloq ayollarining huquq va imkoniyatlarini yanada kengaytirishni dolzarb masalaga aylantiradi.
Gender tengligi 2030-yilgacha boʻlgan Barqaror rivojlanish kun tartibining asosiy masalasi boʻlib hisoblanadi. Taʼkidlash joizki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) mamlakatlarga 2030-yilgacha boʻlgan Barqaror rivojlanish kun tartibini amalga oshirish boʻyicha erishilgan yutuqlarni monitoring qilishda koʻmaklashadi. BMT tizimida FAO Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishish uchun 21 ta koʻrsatkich, shu jumladan 5-maqsadga (Gender tengligini taʼminlash va barcha ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish) erishish koʻrsatkichlarini muvofiqlashtiruvchisi vazifasini bajaradi. Bular 5.a.1 “Qishloq xoʻjaligi yerlariga egalik qiluvchi ayollar ulushi” va 5.a.2 “Yerga egalik qilishda ayollarning tengligi” koʻrsatkichlaridir.
Yuqoridagi loyiha doirasida FAO Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va mamlakat agrosanoat kompleksiga aloqador boshqa tashkilotlarga ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarning, birinchi navbatda, qishloq ayollarining manfaatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan xolda tegishli siyosat va yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish salohiyatini mustahkamlashda texnik yordam koʻrsatadi.
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda gender yondashuvlarini joriy etish boʻyicha strategiyasi loyihasi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining chora-tadbirlar rejasi ushbu loyiha doirasida FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy boʻlimi mutaxassislari bilan birgalikda ishlab chiqilmoqda. Hujjatni tayyorlashda ayollarning yer, sanoat va tabiiy resurslarga egalik qilish va tasarruf etish, shuningdek moliyaviy xizmatlar va ixtisoslashtirilgan bilimlarga ega boʻlish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Tadbir davomida strategiyaning mazmuni, shuningdek, uni amalga oshirishning keyingi bosqichlari va tomonlarning majburiyatlari bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring