“Qishki olcha” savdo-ko‘ngilochar markazida yuz bergan yong‘in oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar soni 64 nafarga yetdi
Rossiyaning Kemerovo viloyati “Qishki olcha” savdo-ko‘ngilochar markazida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar soni 64 kishiga yetdi.
Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vaziri Vladimir Puchkov ma’lumotiga asoslanib “RIA Novosti” xabar berdi. Uning so‘zlariga qaraganda, qutqaruvchilar tomonidan yerto‘ladan olti kishining jasadi topilgan. Lekin ularni xarobalar orasidan olib chiqishning hozircha imkoni bo‘lmayapti.
“64 – oxirgi raqam”, — dedi Puchkov. Ayni paytgacha 15 kishining shaxsi aniqlangan. Bu boradagi ishlar davom ettirilayapti.
Yong‘in nima sababdan ro‘y bergani hali ma’lum emas, ammo “RBK” va “Interfaks” manbalarining aytishicha, olov elektr tarmoqlaridagi nuqsonlar tufayli kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
Hozirda voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, to‘rt kishi hibsga olingan. Ular ichida firma direktori va bino ijarachisi bor.
Guvohlarning aytishicha, binoda yong‘in boshlangani haqida ogohlantiruvchi signal eshitilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring