Qirg’izistonlik chegarachilar O’zbekiston fuqarosiga yong’inni o’chirishga yordam berdi

Qirg’iziston chegarachilari O’zbekiston fuqarosiga uyida ro’y bergan yong’inni o’chirishda ko’mak berishdi.
Qirg’iziston Davlat chegara xizmati matbuot xizmati xabariga qaraganda, O’zbekiston-Qirg’iziston chegara chizig’iga yaqin joydagi mamlakatimiz hududidagi qishloqdagi xonadonlardan birida gaz balloni portlashi oqibatida yong’in kelib chiqqan va u ko’z ochib-yumguncha butun uyni qamrab olgan.
Bu joy Qirg’izistonning Jalolobod viloyati Olabuqa tumani Tengi qishlog’iga qo’shni hudud bo’lgan. Shuning uchun yong’inni Olabuqa chegara otryadiga tegishli “Ko’kserek” chegara zastavasi xizmatchilari ko’rib qolgan. Tezda yaqin oradagi Qirg’iziston hududidan oqib o’tuvchi anhordan chegaragacha suv tashib berishni tashkillashtirishgan. Qardoshlar ko’magi tufayli tez orada yong’inni o’chirishning uddasidan chiqilgan.
“O’zbekiston hududida uy yonayotganini payqab qoldik, — deydi mazkur zastava boshlig’i Adilet Israil uuli. — Lekin bu hududdan chegara chizig’i o’tgani uchun anhordan chegaragacha suv olib kelishni tashkil etdik”.
U mamlakatlarimizni ajratib turuvchi chegara chizig’i qo’shni davlat fuqarolarining bir-biriga yordam berishiga to’sqinlik qilmaydi, deb hisoblashini ta’kidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring