Qirgʻizistonda jazoni oʻtash koloniyalari tugatiladi

11:49 20 Avgust 2025 Jamiyat
163 0

Illyustrativ foto

Qirgʻizistonda oʻndan ortiq jazo koloniyalarini tugatish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qirgʻiziston Respublikasi Adliya vaziri Ayaz Bayetov davlat tizimini byurokratiyadan holi qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan choralar haqidagi brifingda maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, jazoni ijro etish muassasalariga qamoqxonalar bilan birga manzil-koloniyalari ham kiradi. U yerga mahkumlar roʻyxat va nazoratdan oʻtishi uchun boradilar.

“Bu shunga olib keldi-ki, odamlar manzil-koloniyalarga kelib roʻyxatdan oʻtishni toʻxtatib qoʻyishdi. Keyin biz probatsiya tizimini joriy qildik. Hozirda esa ikki tizim bir-birini takrorlashni boshlagan. Endi bu manzil-koloniyalar tugatiladi va hamma probatsiya tizimiga oʻtadi”, degan Ayaz Bayetov.

Uning qayd etishicha, dastlab beshta, keyin yana beshta koloniyani yopish rejalashtirilgan. Bu boʻyicha tegishli farmon 4-avgust kuni imzolangan.

Avvalroq Oʻzbekistonda ham mahkumlarni nazorat qilishda foydalaniluvchi elektron brasletlar ishlab chiqarilayotgani toʻgʻrisida xabar qilingandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер