Fargʻonada yer silkinishi qayd etildi
Qirgʻizistonda sodir boʻlgan zilzila kuchi Oʻzbekiston hududida ham sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, zilzila Toshkent vaqti bilan 24-avgust kuni soat 01:33 da (Grinvich boʻyicha 23-avgust soat 20:33 da) sodir boʻlgan. Yer silkinishining koordinatalari 39,82 gradus shimoliy kenglik, 71,39 gradus sharqiy uzunlikka teng.
Manbaga koʻra, yer qimirlashi 10 km chuqurlikda yuzaga kelgan, uning magnitudasi 4,7 ga teng. Zilzila epitsentri Toshkentdan 244 km janubiy-gʻarbda joylashgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Soʻx tumanida 2-3 ball, 37 km.
- Fargʻona tumanida 2 ball, 61 km.
- Rishton tumanida 2 ball, 62 km.
- Fargʻona shahrida 2 ball, 71 km.
- Quvasoy shahrida 2 ball, 72 km.
- Oltiariq tumanida 2 ball, 72 km.
- Oʻzbekiston tumanida 2 ball, 73 km.
- Bagʻdod tumanida 2 ball, 76 km.
- Margʻilon shahrida 2 ball, 76 km.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring