Qirgʻizistonda «Oʻlmas polk» marshini oʻtkazish bekor qilindi
Arxiv surat
2024-yilda Qirgʻizistonda «Oʻlmas polk» marshi xavfsizlik sababli bekor qilindi. Bu haqda Respublika IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Izohlanishicha, bunday chora-tadbirlar aholi gavjum joylarda huquq-tartibotni buzish, jinoyat sodir etish xavfini bartaraf etish maqsadida amalga oshirilgan. Oʻz navbatida, vazirlik fuqarolarni qarorga tushunish bilan yondashishga chaqirdi.
2023-yilda Bishkek va respublikaning boshqa shaharlarida oʻtkazilgan «Oʻlmas polk» marshida oʻn minglab odamlar qatnashgan. Shu yil boshida ham tadbirni oʻtkazish rejalashtirilgan edi.
Avvalroq, Sevastopolda Gʻalaba kuni sharafiga parad va «Oʻlmas polk» marshi oʻtkazilmasligi maʼlum boʻlgan edi. Shahar gubernatori Mixail Razvojayevning soʻzlariga koʻra, tadbirlar xavfsizlik nuqtai nazaridan bekor qilingan. Biroq, koʻplab madaniy loyihalar rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring