Qirgʻiziston sobiq prezidenti sirtdan 11,5-yilga qamaldi

11:39 04 Iyun 2025 Dunyo
136 0

Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga 11-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqarildi, deb xabar bermoqda “Sputnik Qirgʻiziston” nashri.

Bildirilishicha, sobiq prezident uchta jinoiy ishi — noqonuniy boylik orttirish, yerlarni oʻzlashtirish va 2019-yil Qoʻy-Toshdagi tartibsizliklar uchun aybdor deb topilgan. Shuningdek, sud sobiq prezident Almazbek Atambayevning mol-mulkini musodara qilish va uni davlat mukofotlaridan mahrum etish toʻgʻrisida ham qaror chiqargan.

Bundan tashqari, Atambayevning 4 nafar sherigi — Farid Niyozov 7-yil 8 oy, Ravshan Jeenbekov 7-yil 8 oy, Irina Karamushkina 7-yil 6 oy hamda Farhod Baabiev 5-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Sobiq davlat xavfsizlik xizmati xodimi Qanat Sagʻimboyevga esa 5-yil davomida probatsion nazoratga olish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan.

Maʼlumot uchun, Almazbek Atambayev Qirgʻiziston prezidenti lavozimida 2011-yil dekabr oyidan 2017-yil noyabr oyigacha faoliyat yuritgan. 2019-yilda daxlsizlik huquqidan mahrum etilib, hibsga olingan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер