Qirgʻiziston Xitoy—Qirgʻiziston—Oʻzbekiston temir yoʻli qurilishi uchun yer ajratdi

Uzunligi 454 km boʻlishi mumkin boʻlgan temir yoʻli uchun mamlakat hududidan ajratilgan yerning umumiy maydoni 44,29 gektarni tashkil etmoqda.
Xitoy—Qirgʻiziston—Oʻzbekiston temir yoʻli qurilishi uchun yer ajratilishini Qirgʻiziston bosh vaziri Aqilbek Japarovning tegishli qarori bilan tasdiqladi.
Hujjat xalqaro loyihani amalga oshirish uchun Jaloloboddagi yerlarni oʻzgartirishni nazarda tutadi. Buning uchun qishloq xoʻjaligi va suv fondi yerlari “sanoat, transport, aloqa, energetika, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar” toifasiga oʻtkaziladi.
Xususan, loyiha doirasida jami 44,29 gektar yer ajratish belgilangan boʻlib, mazkur yerlarning 36,55 gektarini sugʻoriladigan, 7,54 gektarini lalmi yerlar hamda 0,2 gektarini botqoqlikdan iborat.
Jalolobod shahar hokimligiga yer-hisob hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, xususiy mulk yerlarini Qishloq xoʻjaligi yerlari davlat jamgʻarmasidan teng qiymatli uchastkalarga ayirboshlashni taʼminlash hamda shaharsozlik hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlash topshirildi.
Bu temir yoʻli qurilishi uchun tayyorgarlik 2022-yilda boshlangan boʻlib, asosiy kelishuvlari hal qilingan. Loyihaning taxminiy qiymati 5,1 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Iyulda Shavkat Mirziyoyev loyihani amalga oshirish boʻyicha bitimni tasdiqlagan edi. Hujjat bilan loyihani amalga oshiruvchi kompaniyaning ustav kapitaliga 255 mln dollar ajratish topshirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring