Qimmatli qogʻozlar bozorida maʼlum bir professional ishtirokchilarning litsenziyalari bekor qilindi

21:23 25 Iyul 2022 Iqtisodiyot
1208 0

Moliya vazirligi Kapital bozorini rivojlantirish departamenti tomonidan “GRADIENT” MCHJ, “ANDIJON VAQT” MCHJ ,“SHAMS-INVEST” MCHJ, “FAYZ-REESTR” MCHJ, “CONSULTING SOLUTIONS GROUP” MCHJ va “ALPENFORT CAPITAL” MCHJlarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi hamda investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish xuquqini beruvchi litsenziyalarni bekor qilishni nazarda tutuvchi arizalari oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilib quyidagilar maʼlum qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga asosan litsenziyalarning amal qilishini bekor qilish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organning vakolatlaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, mazkur qonunning 33-moddasiga asosan, litsenziat litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda vakolatli organning tegishli qaroriga binoan litsenziya bekor qilinishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, Moliya vazirligining tegishli qaroriga asosan quyidagi qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilarining investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya vositachisi sifatida berilgan litsenziyalari va litsenziya bitimlari bekor qilinganligini maʼlum qilamiz:

“GRADIENT” MCHJning 2020-yil 12-iyundagi 1404-sonli investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida berilgan litsenziya va 2020-yil 12-iyundagi 07-23/34-sonli litsenziya bitimi;

“ANDIJON VAQT” MCHJning 2012-yil 22-iyundagi 1232-sonli investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida berilgan litsenziya va 2012-yil 22-iyundagi 05-007/837-sonli litsenziya bitimi;

“FAYZ-REESTR” MCHJning 2015-yil 4-dekabrdagi 1284-sonli investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida berilgan litsenziya va 2015-yil 4-dekabrdagi 05-007/975-sonli litsenziya bitimi;

“CONSULTING SOLUTIONS GROUP” MCHJning 2020-yil 9-sentyabrdagi 1410-sonli investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida berilgan litsenziya va 2020-yil 9-sentyabrdagi 07-29/38-sonli litsenziya bitimi;

“SHAMS INVEST” MCHJning 2014-yil 6-martdagi 692-sonli investitsiya vositachisi sifatida berilgan litsenziya va 2014-yil 6-martdagi 05-001/932-sonli litsenziya bitimi;

“ALPENFORT CAPITAL” MCHJning 2020-yil 25-sentyabrdagi 1412-sonli investitsiya vositachisi va 1413-sonli investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida berilgan litsenziyalari hamda 2018-yil 25-maydagi 05-001/1005-sonli va 2020-yil 24-sentyabrdagi 07-31/32/40-sonli litsenziya shartnomalari.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер