Qimmatbaho metallarni sotib olishda chegirmalar qoʻllash tartibi yanada takomillashtirildi
Prezident Qarori (PQ-85-son, 24.02.2024 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga qoʻshimchalar kiritildi.
“Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritildi:
Qimmatbaho metallarni kechiktirib toʻlash sharti bilan sotib olish imkoniyatidan foydalanilgan har bir kun uchun foizlar hisoblash tartibi joriy qilindi, xususan:
— 30 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga – foiz hisoblamaslik;
— 31-kundan 180 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga – Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblash belgilandi.
Shuningdek, “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga quyidagi mazmundagi qoʻshimchalar kiritildi:
Qimmatbaho metallarni birja savdolarida chegirmalar qoʻllagan holda sotib oluvchi tadbirkorlarga qoʻyiladigan mezonlarni belgilashda quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy qilindi:
— yaratilgan ish oʻrinlarining kamida 70 foizini zargarlik buyumlari va qimmatbaho metall buyumlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan ishchilar kasblarini tashkil etish;
— yaratilgan ish oʻrinlariga ishga qabul qilingan xodimlarga kamida 6 oy davomida ish haqi hisoblanishi va ushbu holat soliq organlari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi;
— tadbirkorlik subyektlari zarur moddiy-texnika bazasi, uskunalar va boshqa texnika vositalari, ishlab chiqarish maydonlari hamda sharoitlarga ega boʻlishi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring