Qilichbozlik: 20-21-yanvar kunlari yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichlarining yangi mavsumi start oladi
Shu yilning 20-21-yanvar kunlari qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichlarining yangi mavsumi start oladi. Ahamiyatlisi, bellashuvlardan biri Toshkentda oʻtadi.
Poytaxtimiz shpaga boʻyicha qizlar oʻrtasidagi bahslarga mezbonlik qilib, unda ishtirok etish uchun 8 davlatdan 50 nafarga yaqin sportchi roʻyxatdan oʻtgan.
Qayd etish joiz, ushbu kunlar davomida Ispaniyaning Segoviya shahri sablyachi qizlar, Bahraynning Manama shahri shpagachi yigitlar oʻrtasidagi bellashuvlarni qabul qiladi. Poytaxtimizdagi turnir “Paxtakor” qilichbozlik markazida tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring