Qibray tumani tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligi asosida oʻtkazilgan tanlov nega bekor qilindi?
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga kelib tushgan murojaat asosida Qibray tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida 470,6 mln.soʻmlik issiq ovqat bilan taʼminlash yuzasidan autsorsing xizmati uchun oʻtkazilgan tanlov hujjatlari oʻrganib chiqildi.
Oʻrganish mobaynida tanlovda xarid komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 16-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi” Nizom talablari buzilganligi aniqlandi.
Bundan tashqari, tanlov 3 nafar komissiya aʼzolarining ishtirokisiz va xabarisiz ularning elektron raqamli imzosidan foydalangan holda sunʼiy ravishda oʻtkazilganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holatlar yuzasidan xarid komissiyasining qarori (yigʻilish bayoni) va shu asosida tanlov gʻolibi bilan tuzilgan shartnomalarni bekor qilish masalasini koʻrib chiqish boʻyicha Qibray tumani tibbiyot birlashmasiga joriy yilning 31-may kuni taqdimnoma kiritildi.
Shuningdek, yuqorida qayd etilgan qonunbuzilish holatlariga huquqiy baho berish uchun toʻplangan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi.
Agentlik taqdimnomasi joriy yilning 3-iyun kuni Qibray tumani tibbiyot birlashmasi xarid komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilib, tanlov bayoni va gʻolib bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring