Qatarda 11 yoshli oʻzbekistonlik bola halok boʻldi

08:51 04 Mart 2026 Jamiyat
510 0

Foto: “Dunyo”

Qatarda 11 yoshli oʻzbekistonlik bola halok boʻldi. Mintaqadagi keskinlik va transport-logistika bilan bogʻliq cheklovlar sabab marhumning jasadi mazkur davlatda dafn etilgan.

“Dunyo” axborot agentligining xabar berishicha, Toshkent shahrida tugʻilgan 11 yoshli M.A. Qatardagi safari davomida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida, bosh qismidan olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyida vafot etgan.

Bu haqda maʼlumot kelib tushishi bilan Oʻzbekistonning Qatardagi diplomatik vakolatxonasi tomonidan ushbu mamlakatdagi tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda zarur tashkiliy va huquqiy masalalarni tezkorlik hal etish choralari koʻrilgan.

Marhumning oila aʼzolariga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatilgan. Shuningdek, mintaqada yuzaga kelgan vaziyat hamda transport-logistika bilan bogʻliq cheklovlar inobatga olingan holda, marhumning jasadi oilasining roziligi bilan barcha milliy va diniy anʼanalarga muvofiq ravishda Qatarda dafn etilgan. Marosim bolaning yaqinlari bilan yaqin hamkorlikda tashkil etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер