Qatar kompaniyasi Oʻzbekistonda temiryoʻl quradi

11:07 24 Noyabr 2023 Iqtisodiyot
330 0

Qatarning Power International Holding kompaniyasi Oʻzbekistonda loyihalarni amalga oshirishga investitsiya kiritishini maʼlum qildi. Qayd etilishicha, Kompaniya Toshkent-Samarqand yoʻnalishida tezyurar poyezdlar uchun temiryoʻl qurilishiga mablagʻ ajratmoqchi. Bundan tashqari, shu yoʻnalishda pulli avtomobil yoʻlini qurish loyihasi ham mavjud. Bu masalalar Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shodiyev kompaniya boshqaruv raisi oʻrinbosari Moris Gattas boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda muhokama qilingani xabar berilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?