Qatar bilan ishchilarni ishga qabul qilish boʻyicha hamkorlik qilinadi
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–18-son, 11.01.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Oʻzbekiston va Qatar Davlati Hukumatlari oʻrtasida ishchilarni ishga qabul qilish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2023-yil 6-iyunda Samarqand shahrida imzolangan.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring