Qashqadaryodagi 20 ming oilada uy-joyga ehtiyoj borligi aytildi
Illyustrativ foto
Hozirning oʻzida Qashqadaryo viloyatidagi 20 ming oilada uy-joyga ehtiyoj bor. Prezident raisligida oʻtayotgan yigʻilishda maʼlum qilindi.
Shu munosabat bilan joriy yilda 7 ming 700 ta xonadon qurilishini yakunlash, aholi zich boʻlgan Shahrisabz va Qarshi shahri, Kitob, Koson, Chiroqchi, Yakkabogʻda yana 5 ming xonadonli uylar qurishni boshlash zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Xonadonlar energiya samarador tizimga oʻtishi uchun Koʻkdala va Nishon tumanlari, Qarshi shahridagi ijtimoiy obyektlar va xonadonlarga quyosh paneli, geliokollektor oʻrnatishiga koʻmaklashish topshirildi.
Viloyat boshqarmalari va tuman boʻlimlari esa yil yakunigacha binosiga kamida 20 kilovattli quyosh panellari oʻrnatishi belgilandi.
Oʻtgan besh oyda Qashqadaryodagi 551 ta mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmadi.
Shu bilan birga, sodir etilayotgan har uchta jinoyatdan bittasi viloyat markazidan uzoqda joylashgan, turistlar koʻp tashrif buyuradigan Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi, Yakkabogʻ tumanlari va Shahrisabz shahriga toʻgʻri kelayotgani qayd etildi.
Masʼullarga mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan “ichki ishlar organlari mintaqaviy boshqaruv tizimini” joriy etish topshirildi.
Bunda viloyat ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizm boʻyicha tizimi Shahrisabz shahrida joylashadi va ushbu 5 ta tumanda jinoyatchilikni jilovlashga masʼul boʻladi.
Hozirda Qashqadaryoda 5,5 ming ishsiz yoshlar bor. Yana 36,5 ming bitiruvchi mehnat bozoriga kirib kelyapti.
Yoshlarni “Yoshlar biznesi” dasturi, 13 ming nafar oliygoh bitiruvchisini “Kelajakka qadam” dasturiga qamrab olib, ularning tadbirkorligi va bandligiga koʻmaklashish topshirildi. Yana 5 ming yoshlar qishloq xoʻjaligida daromadli boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring