Qashqadaryoda yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyoti oʻtkazish salmogʻi oshib bormoqda
2023-yilda Qashqadaryo viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Qashqadaryo filialida 10 nafar bemorda buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyotlari bajarilgan.
Bu haqda Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida “Viloyatda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatni tashkil etish” mavzusida oʻtkazilgan matbuot anjumanida Qashqadaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Alisher Boboyev aytib oʻtdi.
— Vaholanki, shu paytgacha bu turdagi murakkab jarrohlik amaliyotlarini faqat xorij va poytaxtning nufuzli klinikalaridagina bajarish mumkin edi, — deydi u. — Mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, sohaga eng zamonaviy tibbiy texnologiyalarning olib kelinayotgani, yaratilayotgan shart-sharoitlar chekka hududlardagi tibbiyot muassasalarida ham mana shunday yuqori texnologiyali tibbiy amaliyotlarni bajarish imkonini bermoqda.

Alisher Boboyevning qoʻshimcha qilishicha, bundan tashqari, oʻtgan yili viloyatdagi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida 134 nafar bemorda endoprotez qoʻyish, 94 nafarida neyrojarrohlik, 240 nafarida oshqozon-hazm tizimi, 33 nafarida urologik, 791 nafarida oftolmologik hamda 2133 nafarida kardiojarrohlik yoʻnalishidagi yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari oʻtkazilgan.
Shuningdek, matbuot anjumanida viloyatda tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yanada yuksaltirish yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi maqsad va vazifalar borasida keng maʼlumotlar berildi.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring