Qashqadaryodagi yonilgʻi saqlash omborida yongʻin yuz berdi
Videodan kadr
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida joylashgan dizel yonilgʻisini saqlash omborida yirik yongʻin sodir boʻldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, bugun, 29-sentyabr kuni soat 09:43 da Dehqonobod tumani “Oʻzbekiston” MFY “Yetimquduq” qishlogʻida yer ustiga oʻrnatilgan dizel yoqilgʻi saqlash sigʻimida yongʻin roʻy bergani toʻgʻrisida viloyat FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, 3 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 09:58 da hodisa joyiga yetib borib, 10:05 da alangani qurshab olgan va 10:30 da toʻliq bartaraf qilgan.
Voqea joyiga viloyat FVB boshligʻi va tuman FVB rahbar xodimlari IIB, SSB, prokuratura masʼul xodimlari yetib borgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Oʻzbekneftgaz” matbuot kotibi Moʻmin Ibodovning maʼlum qilishicha, yongʻin “Maqsad Petroleum” xususiy korxonasi tomonidan ijaraga olingan dizel yonilgʻisini saqlash omborida yuz bergan.
Unga koʻra, korxona Oʻzbekistonda barcha turdagi seysmogeologiya ishlari bilan shugʻullanadi. Ushbu korxona va ombor “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufiga kirmaydi, biroq yaqindan hamkorlik qilib keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring