Qashqadaryoda saylov kuni 100 ta avtobus va 200 ta yengil avtomobil bepul xizmat koʻrsatadi
Foto: F. Bozorov / Xalq so'zi
Bu haqida Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi boshligʻi Narzulla Namozov maʼlum qildi.
N. Namozovning aytishicha, joriy yil 24-oktyabr kuni mamlakatimizda boʻlib oʻtadigan muhim siyosiy tadbir – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida vohadagi eng olis, transport qatnovi kam hududlarga 100 ta avtobus va avtobuslar qatnashi qiyin boʻlgan qishloqlarga 200 ta yengil avtomobil xizmati bepul yoʻlga qoʻyiladi.
Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi va bir qator yoʻlovchi tashuvchi korxonalar rahbarlarining ushbu xayrli tashabbusidan koʻzlangan maqsad ayon - saylovchilar uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil qilishdir. Shunga koʻra saylov kuni qatnaydigan mazkur avtotransportlar qatnovi grafigi va yoʻl xaritasi tuzildi.
F. Bozorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring