Qashqadaryoda ommaviy mushtlashuv sodir boʻldi
Kecha, 6-mart kuni Qashqadaryo viloyatidagi tumanlarning birida ommaviy mushtlashuv sodir boʻlgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Viloyat IIB izohiga koʻra, ushbu ommaviy mushtlashuv joriy yilning 14-fevral kuni soat 19:30lar atrofida Chiroqchi tumanida joylashgan "Sharjah" sport kompleksida sodir boʻlgan. Janjal mazkur majmuada shugʻullanayotgan fuqarolarning oʻzaro kelishmovchiligi tufayli kelib chiqqan.
Aniqlanishicha, mushtlashuv oqibatida shu tumanda yashovchi muqaddam sudlangan fuqaro Q.O. toʻqqiz nafar sheriklari bilan birgalikda aka-uka J.I. va J.A.ni urib, tan jarohati yetkazgan.
Viloyat IIB mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismining “a,b” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, mushtlashuv ishtirokchilarining oʻn nafariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilganligini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring