Qashqadaryoda majburiy mehnatga jalb qilingan tibbiyot xodimlariga munosabat bildirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani tibbiyot birlashmasi hovlisida xizmat kiyimidagi tibbiyot xodimlarining oʻt chopayotganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat boʻyicha Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, mazkur holatda tumandagi 2-tugʻruq boʻlimi xodimlari hovlini oʻtdan tozalayotgani aks ettirilgan. Tuman tibbiyot birlashmasi maʼmuriyati tomonidan ularga bu borada hech qanday topshiriq berilmagani, oʻz xohishiga koʻra tozalagani aytilgan.
Tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻining buyrugʻiga asosan Mehnat kodeksining tegishli moddasi boʻyicha mazkur vaziyatda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan tugʻruq boʻlimi boshligʻi Sh.Eshmoʻminov, bosh doya M.Safarova, tibbiyot birlashmasi xoʻjalik bekasi S.Turopova, 2-tugʻruq boʻlimi xoʻjalik bekasi S.Sayaxovaga nisbatan intizomiy jazolar qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring