Qashqadaryoda maktab oʻquvchilari majburiy mehnatga jalb qilindi

12:32 17 Oktyabr 2021 Jamiyat
1824 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumanidagi maktabda oʻquvchilar dars vaqtida majburiy mehnatga jalb qilingani aytilgan xabarlar tarqaldi.

Holatga mehnat vazirligi munosabat bildirdi. Unga koʻra, oʻquvchilarni majburiy mehnatga jalb qilingani tasdiqlandi.

Maʼlum qilinishicha, Qarshi tumani Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 45-maktabda oʻquvchilarning majburiy ishlatilgani holati Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻrganilgan.

Oʻrganish davomida Qarshi tumanida joylashgan 45-maktab oʻquvchilari obodonlashtirish ishlariga jalb qilingani holatlari aniqlangan.

Mazkur holat boʻyicha Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan vakolat doirasida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, prokuratura organlariga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер