Qashqadaryoda FVB boshligʻi pora bilan ushlandi
Foto: DXX
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi korrupsion holat ustida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Shahrisabz tumani FVB boshligʻi 2 nafar fuqaroni joriy yilning iyul oyida Shahrisabz va Chiroqchi tumanlari Favqulodda vaziyatlar boʻlimlarini kasbiylashtirilgan yongʻin-qutqaruv qismlariga haydovchi vazifasiga ishga qabul qilinganidan foydalanib, goʻyoki ularning ishga qabul qilinishida koʻmaklashganini roʻkach qilib, 6 ming AQSH dollari talab qilgan.
DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs Shahrisabz tuman FVB maʼmuriy binosida soʻralgan pul mablagʻidan 3,5 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring