Qashqadaryoda erkak pnevmatik toʻpponchada tanishining koʻzini nishonga oldi
2021-yil 10-avgust kuni soat 14:00larda, Qarshi tumani “Bunyodkor” MFYda yashovchi I.B. tanishi tumanning “A.Navoiy” MFYda yashovchi V.F. bilan Nishon tumani Nuriston shaharchasidagi koʻlga choʻmilish maqsadida borishadi.
Choʻmilish davomida ikki oʻrtoq tortishib qolib, choʻmilish uchun suvga tushgan V.F. ni I.B. yonidagi pnevmatik pistoleti bilan oʻng koʻz sohasiga bir marotaba oʻq otib, unga qasddan ogʻir tan shikasti yetkazgan. Shundan soʻng, V.F. Qashqadaryo viloyati “Koʻz kasalliklari” shifoxonasiga oʻz ehtiyotsizligi oqibatida jarohat olganligini maʼlum qilib, tibbiyot yordam olgan boʻlsada, IIBga murojaat qilmagan.
Viloyat “Koʻz kasalliklari” shifoxonasi yoʻllanmasi bilan Toshkent shahriga borgan V.F.ni Respublika Koʻz kasalliklari klinikasida tibbiy koʻrikdan oʻtkazgan shifoxona maʼmuriyati holat yuzasidan ichki ishlar organlariga xabar berilgan. Ushbu xabar yuzasidan toʻplangan hujjatlar Qarshi tumani IIBda qayd etilib, jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring