Qashqadaryoda doʻkonlarni buzdirayotgan tuman hokimi oʻrinbosari yoqib yuborildi
Qashqadaryoning Yakkabogʻ tumani hokimi oʻrinbosari Mansur Tuymayev (1976-yilda tugʻilgan, suratda) “Hisor Sarlochin” kompaniyasiga tegishli savdo doʻkonlarini buzish ishlarini tashkillashtirayotgan vaqtda, mazkur jamiyatda ishlovchi fuqaro B.I. (1963-yilda tugʻilgan) oʻziga tegishli savdo doʻkonini buzilishiga faol qarshilik koʻrsatib, Tuymayevning yuziga yelim idishda boʻlgan benzinni sepib, uni yoqib yuborgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Matbuot xizmatiga koʻra, hodisa oqibatda tuman hokimi oʻrinbosari tanasining 35—40 foizi kuyib, shifoxonaga yotqizilgan. Fuqaro B.I.ga nisbatan esa tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va u ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring