Qashqadaryoda 3 ming  nafarga yaqin qonunga zid yo‘lovchi tashuvchi fuqaro faoliyatiga chek qo‘yildi

12:10 18 Oktyabr 2021 Jamiyat
184 0

Foto: Faxriddin Bozorov / “Xalq so‘zi”

Prezidentimizning 2021 yil 7 maydagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida yo‘lovchi tashuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga qator qulaylik va yengilliklar yaratildi. Ammo shunga qaramay, viloyatda yilning o‘tgan davrida 3 ming nafardan ziyod fuqaro mavjud tartib-qoidalarni mensimagan holda o‘z shaxsiy avtomobilida qonunga zid tarzda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi.
Bu haqida Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i Narzulla Namozov jurnalist va blogerlar uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. 
Ta’kidlanganidek, ilgari haqiqatda yo‘lovchi tashuvchi transport egalariga qo‘yiladigan talablar anchayin qiyin bo‘lib, litsenziyasiz yo‘lovchi tashish ko‘lami yuqoriligicha qolayotgan edi.  Yuqoridagi qaror asosida 2021 yil 15 maydan 2022 yil oxirigacha avtomobilda yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solishni soddalashtirish bo‘yicha eksperiment o‘tkazilmoqda.
Eksperiment boshlangan 15 may sanasidan to hozirga qadar yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan 162 ta,  yuridik shaxslarga tegishli 1 ming 372 ta transport vositasiga tegishli tartibda litsenziya rasmiylashtirildi.

Faxriddin BOZOROV,
“Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?