Qashqadaryo viloyatida “obnal ishi” boʻyicha boʻlib oʻtgan sudda tadbirkor yutib chiqdi
Shahrisabz shahrida faoliyat yurituvchi “Orzu” xususiy korxonasi (nomi oʻzgartirilgan) Qashqadaryo viloyat soliq boshqarmasi mansabdor shaxslaridan norozi boʻlib Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, viloyat soliq boshqarmasi tomonidan xususiy korxonaning 2020-yil davomida tadbirkorlar bilan tuzgan 7 ta shartnomasi qalbaki (koʻzboʻyamachilik bitimi) deb hisoblangan va korxonaga ushbu shartnomalar asosida hisobga olingan 128 million soʻmdan ortiq qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini toʻlash talabi bildirilgan.
“Orzu” XK tomonidan yuqoridagi shartnomalar qalbaki emasligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganligiga qaramasdan, soliq boshqarmasi tomonidan korxona hisobraqamidan 24 million soʻmdan ortiq mablagʻ yechib olingan.
Soliq kodeksining 14-moddasida huquqni suiisteʼmol qilishning, bitim qalbakiligining (koʻzboʻyamachilik uchun tuzilganining) holatlarini aniqlash, shuningdek ularning oqibatlarini qoʻllash soliq organlari tomonidan, soliq toʻlovchi norozi boʻlgan taqdirda esa soliq organlarining daʼvosi boʻyicha sud tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Ushbu holat yuzasidan Biznes-ombudsman tomonidan Qarshi tumanlararo maʼmuriy sudiga kiritilgan shikoyat asosida Qashqadaryo viloyat soliq boshqarmasining xususiy korxonaga nisbatan 128 million soʻmdan ortiq QQS hisoblash bilan bogʻliq harakatlari sud tomonidan qonunga xilof, deb topildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring