Qashqadaryo viloyat qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyida ilmiy-tadqiqot markazi ochildi

17:03 20 Oktyabr 2021 Jamiyat
962 0

Foto: Faxriddin Bozorov / Xalq so'zi

Qarshi davlat universiteti tarixchi olimlari tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu markazda magistrlar uchun dissertatsiya mavzularini muzey boʻlimlari bilan bogʻliq holda tanlash, ilmiy faoliyatlarini shu yerning oʻzida olib borish, shuningdek, tadqiqotchilar va yosh olimlar uchun ilmiy seminarlar oʻtkazish imkoniyatlari yaratildi.

-Ilmiy tadqiqot markazida tashkil etilayotgan darslarda talabalar qatagʻon davriga oid hujjatli filmlar va muzeyda mavjud eksponatlar orqali bilim va tasavvurlarini boyitmoqda, - deydi Qashqadaryo viloyati qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi direktori Dilnavoz Rahmatova.

Viloyat qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyida Qarshi davlat universitetining “Ijtimoiy fanlar” fakultetida tashkil etilgan ilmiy kengash oʻz faoliyatini boshladi. Bu yerda ilmiy himoyalar va ilmiy seminarlar oʻtkazish ham koʻzda tutilgan. Muzey tarkibida “Yangi Renessans sari” yoshlar klubi va kutubxona ochilgan.

Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер