Qarshidagi ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida yongʻin chiqdi

15:47 26 Dekabr 2018 Jamiyat
1643 0

Illyustrativ foto

25 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi kasalxonada yongʻin chiqdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, shu kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida I. Karimov koʻchasida joylashgan 1-sonli ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasining 2-qavatida yongʻin sodir boʻlgan.

Koʻrilgan choralar natijasida yongʻin shifokorlar tomonidan oʻchirildi. Oqibatda 2-qavatning 2 kv.m. maydoni yonib zarar koʻrgan va shu shifoxona davolanayotgan R. S. kuyish jarohatini olgan. Surishtiruv ishlari natijasida yongʻin elektr isitish pechi ustiga kiyim-kechaklarni quritish uchun ilib qoʻyilganidan kelib chiqqanligi aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?