Qarshida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻtkazildi
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Ikki kun davom etgan yarmarkada mamlakatimizdagi yirik sanoat korxonalari, ularning mahalliy va chet ellik hamkorlari, shuningdek, xususiy ishlab chiqaruvchilardan iborat 100 dan ortiq subyekt tomonidan mingdan ortiq mahsulotlar koʻrgazmasini taqdim etildi. Korxonalar va isteʼmolchi subyektlar oʻrtasida oʻzaro kelishuv bitimlari, shartnomalar tuzish uchun qulay imkoniyat yaratdi.
— Yarmarkada yangi hamkorlar bilan 15 ga yaqin shartnomalar tuzishga erishdik, — deydi Toshkent quvur zavodi menejeri Feruz Olimov. — Muhimi, yarmarkada ishtirok etish asnosida Qashqadaryo viloyatida ham mahsulotlarimizga talab yuqoriligini koʻrdik. Oʻz sotuv boʻlimimizni ochish rejasi paydo boʻldi.
Kitob tumanidagi “Kifti-ob dori-darmon” masʼuliyati cheklangan jamiyati ikki yil avval biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirgan edi. Ayni paytda korxonada oʻndan ortiq biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarilmoqda.
— Mahsulotni asosan ichki bozorga yetkazib beryapmiz, — deydi “Kifti-ob dori-darmon” MCHJ bosh texnologi Ural Toʻrayev. — Bugungi yarmarkadagi ishtirokimiz biz uchun muhim ahamiyatga ega. Ishtirokchilarga ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimiz, ularning oʻziga xos xususiyatlari haqida keng maʼlumot berdik. Yangi hamkorlar bilan ikki tomonlama kelishuvlarga erishdik.
Hududiy sanoat yarmarkasida Prezident maslahatchisi oʻrinbosari Galina Saidova, shuningdek, bir qator xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi elchilari hamda diplomatlar ham ishtirok etishdi.
Yarmarka doirasida “Kashkadarya investment—2024” xalqaro biznes-forumi ham boʻlib oʻtdi.
Forumda investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda viloyat hokimligi masʼullari soʻzga chiqib, keyingi paytda mamlakatimizda investitsion muhit va uning jozibadorligini oshirish yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar haqida maʼlumotlar berdi. Sohalar boʻyicha taqdimotlar oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring