Qarshida fuqaroga 82 mln soʻmdan ortiq ish haqi va maʼnaviy zarar undirib berildi
Illyustrativ foto
Qashqadaryoda fuqaroga 82 million soʻmdan ortiq maoshi va maʼnaviy zarar undirib berildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Qarshi tumani, “Kaxlak” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro S. Gulov qonuniy ish haqi va yetkazilgan maʼnaviy zararni undirishda amaliy yordam soʻrab viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu shaxs Qarshi shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimida faoliyat yuritib kelgan va maʼlum sabablarga koʻra ishdan vaqtincha chetlashtirilgan. U ishdan chetlashtirilgan davri uchun ish haqini talab qilgan.
Shundan soʻng, fuqaro manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlari boʻyicha Qarshi tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi.
Sudda daʼvo ariza koʻrib chiqilib, hal qiluvchi qarorga koʻra, javobgar hisoblangan Qarshi shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hisobidan fuqaro S. Gulov foydasiga 82 million 734 ming soʻm miqdorida ish haqi va maʼnaviy zarar undirish belgilangan.
Avvalroq ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilingani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring